Huawei 1
“Barselona”ga qarshi kechgan irodali g‘alabadan keyin MYU bosh murabbiyi nimalar dedi?

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Erik ten Hag Yevropa Ligasi 1/16 finalidan oʻrin olgan “Barselona”ga (2:1, 2:2) qarshi oʻyindan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Birinchi boʻlim teng oʻtdi. Bizda ham yaxshi imkoniyatlarlar boʻldi, lekin 0:1 hisobida yutqazayotgandik. Antoni va Garnachoni qoʻyib yuborsak, tezlikni oshira olishimizni bilardik. Ular hech kimdan qoʻrqishmaydi.

La Ligada 8 ochkolik farq bilan peshqadamlik qilayotgan “Barselona”ni magʻlub etish — bu ajoyib gʻalaba. Bu bizga katta oʻyinlarda gʻalaba qozonishimizga ishonch bagʻishlaydi. Antoni jasur, u doimo kurashadi. Fred bu haftada ham Barselonadagi oʻyinda boʻlgani kabi muhim rol oʻynadi. U Frenki de Yongni toʻxtatishi kerak edi — chivin boʻlib, har tomondan unga yopishib olishni uddalashi kerak edi. Jamoamizda ajoyib shaxslar bor. Qurʼa? Hozir bor eʼtiborim Liga Kubogi finalidagi “Nyukasl”ga qarshi oʻyinga qaratilgan”, — deydi ten Hag.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61315 | Инструменты