“Bavariya” yetakchisi jarohat tufayli safdan chiqib, “Barselona”ga qarshi o‘ynamaydigan bo‘ldi
Germaniyaning “Bavariya” klubi hujumchisi Leroy Sane taxminan uch haftaga safdan chiqdi.
Bundesliga doirasidagi “Bavariya” - “Frayburg” (5:0) oʻyinida bitta gol va assistga mualliflik qilgan germaniyalik futbolchi 76-daqiqada zaxiraga olingandi.
Klub rasmiy sayti xabariga koʻra, tibbiy tekshiruvlardan keyin Sane sonidan jarohat olgani maʼlum boʻlgan. “Bild” nashrining yozishicha, Sane taxminan 3 haftaga safdan chiqqan. U 26-oktyabr kuni YChL 5-turi doirasida “Barselona”ga qarshi maydonga tushmaydi.
Maʼlumot uchun, Sane joriy mavsum 16 oʻyinda 10 ta gol va 4 ta assistga mualliflik qilgan. U jamoasining Chempionlar Ligasidagi eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10715 | Инструменты