Huawei 1
Qoraqalpog‘istonda 103 xodimlari bemor qaynotasi tomonidan kaltaklandi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda TTY xodimi kaltaklangani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. 

Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston respublikasi SSV Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, Amudaryo tumani TTYB ga soat 19:40 da ushbu tumanning “Qilichboy” MFYda yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan K.R. ismli fuqaro bo‘yicha chaqiruv kelib tushgan.

Chaqiruvga asosan, shifokor S.P., feldsher B.J., haydovchi M.H. 8 daqiqa 30 soniyada, yaʼni soat 19:48 da manzilga yetib borgan.

TTY xodimlari bemorni tekshiruvdan o‘tkazib, unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatgan. Shu vaqtda bemor qaynotasiga xonadan chiqib turishni iltimos qilganida, uning qaynotasi mast holatda (spirtli ichimlik ichgan) bo‘lib, xonadan agressiv holatda chiqib ketgan.

Xodimlar bemorga kerakli yordamni ko‘rsatib tashqariga chiqayotgan paytda, bemorning qaynotasi shifokor va feldsherga hujum qilib, tanasining yuzi va bo‘yniga yengil tan jarohati yetkazgan. Shuningdek, ularni tahqirlab, haqoratli so‘zlarni aytgan.

Mazkur holat yuzasidan TTY xodimlariga tajovuz qilgan shaxs IIB xodimlari tomonidan olib ketilgan.

"Tan jarohati olgan TTY xodimlari Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasining travmatologiya punktida shifokor ko‘rigidan o‘tkazilgan",- deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10815 | Инструменты