Huawei 1
"Himoya orderi"ni olishga my.gov.uz orqali ariza topshirish yo‘lga qo‘yildi

Endi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar my.gov.uz portali orqali "Himoya orderi"ni olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin.

Murojaat profilaktika inspektoriga taqdim etilgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida ko‘rib chiqiladi.

Himoya orderi zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga nisbatan bir qator cheklovlar qo‘yadi. Bunga: tazyiq va zo‘ravonlik sodir etishni taqiqlash; zo‘ravonning jabrlanuvchi bilan aloqasini taqiqlash; jabrlanuvchi va zo‘ravonning bir xonada bo‘lishini taqiqlash; zo‘ravon zimmasiga jabrlanuvchining davolanish, yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararini qoplash majburiyatini yuklash; zo‘ravonning qurol saqlash va olib yurish huquqini cheklash kabilar kiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10815 | Инструменты