Huawei 1
“Bayer” hujumchisi YTHda omon qoldi

Leverkuzenning “Bayer” klubi ftubolchisi Viktor Bonifase do‘stlari bilan aeroportga ketishda YTHga uchradi, deb xabar berdi Bild.

Bu paytda futbolchi yo‘lovchi o‘rindig‘ida bo‘lgan. Ruldagi odam charchoq tufayli boshqaruvni yo‘qotgan va mashina qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Futbolchi ketayotgan mashina ag‘darilib ketgan.

Bonifase shifoxonaga yetkazilgan. “Bayer” jamoasi xabar berishicha, hujumchining qo‘li ozroq shikastlangan. Yuk mashinsi haydovchisi jabrlanmagan.

Joriy mavsumda Bonifase “Bayer” safida 10 o‘yin o‘tkazib, yettita gol urdi. “Bayer” keyingi o‘yinni 26 oktyabrda “Verder”ga qarshi o‘tkazadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102113 | Инструменты