Huawei 1
Velotrek: Kattalar o'rtasidagi O'zbekiston kubogi ilk kungi g'olib va sovrindorlari aniqlandi

Namangan shahridagi velotrek majmuasida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha kattalar (erkaklar va ayollar) o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi start oldi.

Musobaqaning ilk kunida yakkalik va skretch poygalari tashkil etildi.

Natijalar:

Erkaklar o'rtasida yakkalik poygasi (4 km):

1-o'rin O'zbekiston kubogi g'olibi: Alimardon Jamoldinov (ROPSTTM)
2-o'rin Konstantin Elli (Toshkent viloyati)
3-o'rin Davirjon Abduraxmanov (Surxondaryo).

Ayollar o'rtasida yakkalik poygasi (3 km):

1-o'rin O'zbekiston kubogi g'olibi: Yevgeniya Golotina (Toshkent shahri)
2-o'rin Samira Ismoilova (Samarqand)
3-o'rin Asal Rizayeva (Toshkent shahri).

Erkaklar o'rtasida 45 aylana skretch guruh poygasi:

1-o'rin O'zbekiston kubogi g'olibi: Artyomiy Sherbakov (Samarqand)
2-o'rin Sardor Muxtarov (Samarqand)
3-o'rin Kamoliddin Bahriddinov (Toshkent viloyati).

Ayollar o'rtasida 24 aylana skretch guruh poygasi:

1-o'rin O'zbekiston kubogi g'olibi: Nafosat Koziyeva (Toshkent shahri)
2-o'rin Samira Ismoilova (Samarqand)
3-o'rin Yevgeniya Golotina (Toshkent shahri).

Turnirning bugungi kungi dasturi:

Erkaklar o‘rtasida 4 km masofaga jamoaviy poygasi (kvalifikatsiya)
Ayollar o‘rtasida 4 km masofaga jamoaviy poygasi (kvalifikatsiya)
Erkaklar o‘rtasida 4 km masofaga jamoaviy poygasi (finallar)
Ayollar o‘rtasida 4 km masofaga jamoaviy poygasi (finallar)
Erkaklar o‘rtasida chiqarib yuborish guruh poygasi (final)
Ayollar o‘rtasida chiqarib yuborish guruh poygasi (final).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102114 | Инструменты