Huawei 1
Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 7-tur o‘yinlariga start beriladi

26-aprel kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining yettinchi tur uchrashuvlariga start beriladi. Bugun ushbu turning uchta o‘yini bo‘lib o‘tadi. Qolgan o‘yinlar 27 va 28-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar boshlanish vaqti quyidagicha ko‘rinish olgan.

26 aprel: “Qo‘qon-1912” — “Xorazm” o‘yini boshlanish vaqti 18:00

26 aprel: “Mashʼal” — “Surxon” o‘yini boshlanish vaqti 19:00

26 aprel: “So‘g‘diyona” — “Andijon” o‘yini boshlanish vaqti 20:15

27 aprel: “Navbahor” — “Buxoro” o‘yini boshlanish vaqti 18:00

27 aprel: “Paxtakor” — “Sho‘rtan” o‘yini boshlanish vaqti 18:00

27 aprel: “Nasaf” — “Qizilqum” o‘yini boshlanish vaqti 20:15

28 aprel: “Bunyodkor” — OKMK o‘yini boshlanish vaqti 19:00

Maʼlumot o‘rnida, Samarqand shahriga oliy martabali mehmonlar tashrif buyurishi sababli kecha bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan “Dinamo” — “Neftchi” o‘yini zaxira kuni sifatida o‘rin olgan iyul oyining dastlabki kunlaridan birida o‘tkaziladi.

Superliga turnir jadvali bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71010 | Инструменты