Huawei 1
Bugun O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini boshlaydi

Bugun, 22 sentyabr kuni Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari doirasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi "C" guruhida Gonkong U-23 terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida Gonkong, Afg‘oniston hamda Suriya terma jamoalari bilan bir guruhdan o‘rin olgan.

Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50901 | Инструменты