Bugun Angliya Premyer-ligasi va Ispaniya Primerasida 6-tur o`yinlariga start beriladi.
Bugun Angliya Premyer-ligasi va Ispaniya Primerasida 6-tur o`yinlariga start beriladi.
UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallari esa mazkur turning eng qiziqarli uchrashuvlarini jonli efirda sizning e`tiboringizga havola etadi.
Siz FUTBOL TV telekanali orqali Toshkent vaqti bilan soat 16:30dan boshlab APLning 6-turidan o`rin olgan "Vest Xem" - "Tottenxem" uchrashuvini jonli efirda tomosha qilish imkoniga egasiz.
Soat 19:00da esa Ispaniya La LIgasidan "Alaves" - "Real" uchrashuvi namoyish etiladi. Bu vaqtda UZREPORT TV telekanalida esa "Sautgempton" - "Manchester Yunayted" jonli efirda tomosha qilish imkoniga ega bo`lasiz.
Soat 21:30da FUTBOL TV telekanalida APL mazkur turidan o`rin egallagan "Lester" - "Liverpul" uchrashuvi tomosha qilishingiz mumkin.
Bugungi to`g`ridan to`g`ri translayatsiyalarga esa La Liganing "Jirona" - "Barselona" o`yini yakun yasab beradi va ushbu o`yin soat 23:45da UZREPORT TV telekanalida namoyish etiladi.
APL
"Vest Xem" - "Tottenxem"
London. "Olimpia" stadioni. Soat 16:30 (FUTBOL TV)
Hakam: Maykl Oliver
La Liga
"Alaves" - "Real"
Vitoriya-Gasteys. "Mendisorrosa" stadioni. Soat 19:00 (FUTBOL TV)
Hakam: Alberto Undiano Malienko
APL
"Sautgempton" - "Manchester Yunayted"
Sautgempton. "Sent-Meris" stadioni. Soat 19:00 (UZREPORT TV)
Hakam: Kreyg Pouson
"Lester" - "Liverpul"
Lester. "King Pauer" stadioni. Soat 21:30 (FUTBOL TV)
Hakam: Entoni Teylor
La Liga.
"Jirona" - "Barselona"
Jirona. "Montilivi" stadioni. Soat 23:45 (UZREPORT TV)\
Hakam: Xose Mariya Sanches
UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarida Angliya Premyer-ligasi va Ispaniya La ligasining eng qiziqarli va murosasiz uchrashuvlarini jonli efirda tomosha qiling!
Alpha version: 0.9.1.19 build 50209 | Инструменты
Liverpulga omad Champberlain safga qaytganidan hursandman.
city crystalpales hisob necha bo'ldi
Rasmi kanal qaysu
zor kanal ekan
Salom siz lardan iltimos nimaga barsilona sivilyani o'yinini qo'ymadingla
Bir iltimos siladan futbol korishga bermidigan komentatorlani qoymela iltimos Eibar & Real Madrit o'yiniga qo'yilgan komentator kim bosayam oldin ozbek tilida narmalni gapirsin kiyin rus tilida oborsin oyinni faqat baqiradi oyin korgani bermidi