“Chelsi” direktorlar kengashi bosh murabbiy masalasi bo‘yicha majlis o‘tkazdi

Angliyaning “Chelsi” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Grem Potterni bosh murabbiylikdan boʻshatmoqchi emas.

“The Telegraph” nashri muxbiri Mett Louning yozishicha, London klubi direktorlar kengashining navbatdagi majlisida bosh murabbiy masalasi muhokama qilingan. Yakunda esa rahbariyatning Grem Potter borasidagi pozitsiyasi oʻzgarmagan. Ular hali ham Potterni qoʻllab-quvvatlashmoqda.

Eslatib oʻtamiz, londonliklar soʻnggi 10 ta oʻyinning faqat 1 tasida gʻalaba qozondi. “Aristokratlar” Premyer-ligada 10-oʻrinni egallab turibdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты