"El Klasiko"ning sanasi va boshlanish vaqti ma'lum bo‘ldi
La Liganing 30-turidan o'rin olgan "Real" - "Barselona" uchrashuvi sanasi va boshlanish vaqti ma'lum bo'ldi.
O'yin 10 apreldan 11 aprelga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.
24 oktabr kuni "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tgan dastlabki "El Klasiko"da "Real" 3: 1 hisobida g'alaba qozongandi.
Kataloniyaliklar 27 turdan so'ng 59 ochko to'plab, chempionat jadvalida ikkinchi o'rinda borishmoqda. "Real Madrid" ikki ochkoga ortda qolmoqda va uchinchi o'rinda bormoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32000 | Инструменты