Huawei 1
Eldor Shomurodov qishda “Roma”dan ketmoqchi. Uning qaysi klubga o‘tishi ham ma’lum

Italiyaning “Torino” klubi “Roma”ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodovni yanvar oyidagi transfer oynasi vaqtida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Ivan Yurich jamoasi hujum chizigʻini kuchaytirish niyatida. Shu sababli, Shomurodov “Roma”da kam oʻyin amaliyotiga ega boʻlayotgani inobatga olinib, uni Jahon chempionatidan keyin jamoaga jalb qilishlari mumkin.

“Tuttosport” nashri xabariga koʻra, Turin klubi allaqachon oʻzbekistonlik hujumchining vakillari bilan aloqaga chiqqan va muzokaralar ijobiy kechgan.

Xabar qilinishicha, Shomurodov turinliklar safiga oʻtishga tayyor. Hujumchi Mourinyo qo‘l ostida o‘yin amaliyotisiz qolish niyatida emas. Ayni damda futbolchining transfer narxi “Transfermarkt”da 6 mln yevroga baholanmoqda.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92211 | Инструменты