Huawei 1
Eldor Shomurodov yana bir rekordni yangiladi

Xabaringiz bor kuni kecha, O‘zbekiston terma jamoasi Gonkong termasiga qarshi safarda maydonga tushib, 2:0 hisobida zafar quchdi. Ushbu o‘yindagi gollarga Eldor Shomurodov va Rustam Ashurmatov mualliflik qildi.

Ushbu o‘yinda gol urgan Eldor Shomurodov terma jamoamiz tarkibida urgan gollari sonini 39 taga yetkazib oldi va milliy jamoada tariximizdagi eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatidagi rekordini yangiladi.

Ma’lumot uchun, Eldor terma jamoamiz safida 2015 yildan buyon uchrashuvlarda maydonga tushadi va ilk golini uchinchi o‘yinida – Osiyo chempionatining saralash turnirida Bahrayn darvozasiga kiritgan. U o‘tgan yillar davomida Livan, Kanada, Iroq, Gruziya, Gonkong, Omon, Yaponiya, Turkmaniston, Tojikiston, Xitoy, Yaman, Saudiya Arabistoni, Suriya, Singapur, Falastin, Eron, Shvesiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Kosta-Rika, Janubiy Sudan, Uganda va Maldiv orollari va Boliviya terma jamoalari darvozasiga gol urgan.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga