Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino jahon chempionati ishtirokchilari sonini oshirishni istisno etmadi. Bu haqda Athletic nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, xuddi shunday tashabbusni bo‘lajak jahon chempionatining bitta o‘yiniga mezbonlik qiladigan Urugvay delegati ham bildirgan.
Qayd etilishicha, FIFA shu yo‘l bilan jahon miqyosida o‘z ta’sirini kengaytirish va foydani ko‘paytirish maqsadida tijorat shartnomalari sonini ko‘paytirishga intilmoqda. Infantinoning aytishicha, bu g‘oya “ko‘rib chiqishga arziydi”.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31522 | Инструменты