Toshkent viloyati prokuraturasi xodimi pora bilan ushlandi

Toshkent viloyati prokuraturasining devonxona noziri O‘rtachirchiq tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli savdo do‘konida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati bo‘yicha aniqlangan 276 mln so‘mlik jarimani vakolatli tanishlari orqali bartaraf etib berish va unga nisbatan chora ko‘rilmasligini taʼminlash evaziga 9 ming AQSH dollari talab qilgan.

Shuningdek, devonxona noziri hozirda Namangan shahridagi oliygohda o‘qiyotganligi bois, talab etilgan pulni shu joyga olib kelib berishni so‘ragan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 9 ming AQSH dollarini Namangan viloyatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30213 | Инструменты