Huawei 1
Fransiya terma jamoasi yetakchilaridan biri jiddiy jarohat tufayli JCh-2022 o'tkazib yuborishi mumkin

Italiyaning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Pol Pogba tizzasidan olgan jarohati sabab Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon Chempionati bahslarini oʻtkazib yuborishi mumkin.

Futbolchi yangi jamoasi mashgʻulotlarida oʻng tizzasidan jiddiy jarohat olgan. Keyin esa fransuzda menisk jarohati borligi aniqlandi.

“La Gazzetta dello Sport” nashrining xabar berishicha, Pogba 2022-yilning qolgan qismida maydonga tusha olmaydi va 2023-yil boshida jarohatdan tiklanadi. Bunday holatda u Qatardagi mundialni oʻtkazib yuborishiga to'g'ri keladi.

Qayd etilishicha, yarimh imoyachi mutaxassislar bilan maslahatlashib, tiklanishning eng tez yoʻlini izlamoqda. Avvalroq uning operatsiyadan bosh tortgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112606 | Инструменты