Huawei 1
Jiddiy jarohat sabab 2 oyga safdan chiqqan Pogba operatsiyadan bosh tortdi

Xabaringiz bor, Italiyaning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Pol Pogba jamoaning mavsumoldi o'rtoqlik o'yinlari uchun uyushtirilgan yig'inda o'ng tizzasidan jiddiy jarohat olgani sabab, kamida 2 oyga safdan chiqqan edi.

“La Gazzetta dello Sport” nashrining ma'lum qilishicha, jarohat jarrohlik amaliyotini talab qiladi, biroq futbolchining o'zi operatsiyadan bosh tortgan. U jarohatni operatsiyasiz davolash bo'yicha shifokorlar bilan maslahatlashish va bu borada yakuniy qarorga kelish uchun Italiyaga qaytishga qaror qilgan. Fransiyalik futbolchi jarohatni konservativ usullar bilan davolash mumkinmi yoki yo'qligini aniqlash uchun bir necha tekshiruvdan o'tishi lozim bo'ladi.

Ma'lumot uchun, joriy transferlar oynasidan “Manchester Yunayted”ni erkin agent maqomida tark etgan Pol Pogba APLda 20 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112608 | Инструменты