Kubok taqdimotida Jahon chempionlari Kristian Karambyo va Karles Puyol kabi yulduzlar ham ishtirok etishi mumkin
Xabaringiz bor, joriy 2022-yilda Qatar yashil maydonlarida futbol boʻyicha Jahon chempionati oʻtkaziladi. Shu tufayli, an'anaga muvofiq holda Jahon chempionati kubogi Mundial oldidan dunyoning 51 mamlakati bo'ylab sayohatga chiqadi. Oʻzbekiston ham “FIFA World Cup™ Trophy Tour by Coca-Cola” atalmish ushbu loyihani oʻzida qabul qiladi.
O'zbekiston Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko'ra, FIFA, OʻFA hamda “Coca-Cola” muxlislar uchun festival tashkil etish, futbol boʻyicha Jahon chempionati kubogini koʻrish imkoniyatini taqdim etish borasidagi oʻzaro hamkorlikka erishishgan. Ushbu taqdimot joriy yilning 6-iyun kunida bo'lib o'tadi. Kubok taqdimotida shuningdek, Jahon chempionlari Kristian Karambyo va Karles Puyol kabi yulduzlar ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Qatardagi Jahon chempionati 2022-yilning 21-noyabridan 18-dekabriga qadar davom etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 53105 | Инструменты