Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) dunyoning eng kuchli futbol ligalari reytingini yangiladi.
1991 yildan buyon ilk marotaba Italiya chempionati (A seriya) futbol ligalari orasida eng kuchlisi deb topildi. A seriya — 1992 ball to‘pladi.
Reytingda ikkinchi o‘rin Ispaniya chempionati (La Liga)ga berildi — 1885 ball. Angliya premyer-ligasi (1871) — uchinchi, Germaniya Bundesligasi (1606) — beshinchi, Fransiya chempionati (1125) — sakkizinchi o‘rinda.
Ushbu reytingda O‘zbekiston chempionati (Superliga) 67-o‘rindan 96-o‘ringa tushib ketgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50309 | Инструменты