Huawei 1
“Roma” ustozi Shomurodov haqida: “Eldor — jamoaning asosiy futbolchisi”

“Roma” bosh murabbiyi Klaudio Ranyeri A Seriya doirasidagi “Fiorentina”ga qarshi o‘yindan oldin matbuot anjumanida ishtirok etib, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Eldor Shomurodov haqida gapirdi. Bu haqda Roma Press nashri xabar bermoqda.

Mutaxassis Shomurodov haqida to‘xtalar ekan, u haqida iliq fikrlarni bildirdi:

Shomurodov ertangi o‘yinda Dovbik bilan birga maydonga tushishi mumkin. Eldor — jamoaning asosiy futbolchisi. U o‘zini o‘yinga 100 foizga bag‘ishlaydi. Ko‘p marta bosim ostida ishladi, lekin umuman ortga chekingani yo‘q. Uni aynan shuning uchun yaxshi ko‘raman. Eldor —  tilla yigit, deydi Ranyeri o‘yindan oldingi matbuot anjumanida.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50310 | Инструменты