29 may kuni Toshkent shahridagi “Jar” stadionida o‘tayotgan LikeCup turnirida san’atkorlar va blogerlar o‘rtasida ommaviy janjal kelib chiqdi. Mojaro “Sport” telekanali efirida jonli uzatildi.
Bir necha kundan buyon Toshkent shahrida o‘tayotgan yulduzlar o‘rtasidagi LikeCup futbol turnirida ommaviy janjal chiqdi. San’atkorlar va blogerlar o‘rtasida kechgan bahs yakunida 1:0 hisobi qayd etilgan. G‘olib jamoa vakillaridan biri mag‘lub jamoa vakillaridan birining boshini turtgan. Shundan so‘ng ommaviy janjal boshlanib ketgan.
Turnir tashkilotchilaridan biri Alisher Uzoqovning aytishicha, janjal avvaldan rejalashtirilgan piar bo‘lgan, biroq vaziyat nazoratdan chiqib ketgan va u mushtlashuvga aylangan.
“Katta bollar” jamoasi tomonidan kichik piar rejalashitirilgandi, ammo shu kichik piar nazoratdan chiqib ketgandek bo‘ldi va ommaga boshqacharoq ko‘rinishda tarqashni boshladi. Shuni ma’lum qilamanki, bugungi bo‘lib o‘tgan biroz noqulayroq vaziyatda hech kim tan jarohati olgani yo‘q. Lekin vaziyat mana shunaqa tus olib ketishini hech kim kutmagan edi”, deydi u.
Mojaro “Sport” telekanali jonli efirida namoyish etildi va o‘sha paytda efir uzilmadi. Hozircha huquq-tartibot organlari tomonidan voqea haqida ma’lumot berilmadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61513 | Инструменты