Huawei 1
Futbolda ko‘k kartochka joriy etiladi

Futbolda ko‘k kartochka joriy etilishi mumkin. Xalqaro futbol assotsiatsiyasi uyushmasi (IFAB) bu borada qarorni qabul qilgan va tez orada e’lon qiladi, deya xabar qilmoqda The Telegraph nashri.

Hakam ushbu kartochkani hujumni qasddan to‘xtatishga qaratilgan qo‘pollik uchun, shuningdek, o‘yin rasmiylari bilan kelishmovchilik bo‘lgan paytda ko‘rsatadi.

Ko‘k kartochka olgan futbolchi 10 daqiqaga maydondan chetlatiladi. Ikkita ko‘k va ko‘k+sariq kartochka olgan o‘yinchiga qizil kartochka ko‘rsatiladi.

Kartochka yaqin orada top-turnirlarda paydo bo‘lmaydi, biroq, uni yozda Angliyada sinab ko‘rish maqsad qilingan. Masalan, erkaklar va ayollar futbolidagi Angliya Kubogi musobaqalarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72716 | Инструменты