Huawei 1
Futzal: Bugun chempionatning barcha sovrindorlari aniqlanadi

Bugun, 6-oktyabr kuni O'zbekistonda davom etayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionatining so‘nggi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Kunning ikkinchi yarmida, yaʼni 17:30 da Fransiya va Ukraina bronza medal uchun kurash olib boradi. 20:00 da esa Argentina – Braziliya terma jamoalari qarama-qarshiligida boshlanadigan final uchrashuvida jahon chempioni aniqlanadi. Har ikki bahs poytaxtimizdagi “Humo arena“ sport saroyida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100616 | Инструменты