Huawei 1
Hindiston kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Xabar berilganidek, poytaxtda o‘tkazilayotgan “VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiyasi" doirasida bir qator panel sessiyalar qatorida “B2B” uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tmoqda.

Konferensiya doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti va Hindistonning “Nath Bio - Genes” kompaniyasi o‘rtasida ham uchrashuv tashkil etildi.  

Muloqot jarayonida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, shuningdek, tenglik va o‘zaro manfaatdorlik asosida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq va o‘z vakolatlari doirasida fan va texnika, “BT” paxta chigitini sanoatga joriy etish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida mahalliy g‘o‘za navlarining stress omillarga chidamliligini oshirish va ko‘sak qurtidan hosilni himoya qilish maqsadida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalariga qaratilgan ikki tomonlama anglashuv Memorandumi imzolandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100618 | Инструменты