O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionati 14-sentyabr, shanba kuni start oldi.
A guruhidan joy olgan O‘zbekisto terma jamoasi ilk turda Niderlandiyaga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 4-daqiqasida Tevfik Cheyar hisobni ochdi. 16-daqiqada Elbek To‘lqinov muvozanatni tikladi. Bo‘lim 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda esa Niderlandiya yana hisobda oldinga chiqib oldi. Bu safargi gol muallifi — Ismoil Odduh. 36-daqiqada Ixtiyor Ropiyev hisobni tenglashtirdi. Biroq oradan bir daqiqa o‘tib, Odduh dublni rasmiylashtirib, jamoasining hisobda oldinga olib chiqdi. 39-daqiqada Husniddin Nishonov muvozanatni tikladi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida Paragvay Kosta-Rikani 5:2 hisobida mag‘lub etdi.
O‘zbekiston 2-turda Paragvayga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 17-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100721 | Инструменты