Gruziya prezidenti mamlakat terma jamoasi futbolchilarini “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirladi

Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili mamlakat terma jamoasi futbolchilari, shuningdek, murabbiylar shtabi va futbol federatsiyasi vakillarini “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirladi.

Taqdirlash marosimi Ozodlik maydonida o‘rnatilgan sahnada bo‘lib o‘tdi. 2-iyul kuni Germaniyadan qaytgan futbolchilar muxlislarni erishilgan natija bilan qutladi. Muxlislar futbolchilarni olqishlar bilan kutib olganidan so‘ng, Zurabishvili sahnaga chiqib, futbolchilarga, bosh murabbiy Villi Sanolga, murabbiylar shtabi vakillari va futbol federasiyasi rahbariyatiga mukofotlarni topshirdi.

Milliy terma jamoa futbolchilari Mixail Mesxi nomidagi stadiondan ochiq avtobusda Ozodlik maydoniga yo‘l oldi.

30-iyun kuni Gruziya terma jamoasi Yevropa chempionati 1/8 finalida Ispaniyaga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shunga qaramay, Gruziya jamoasining turnirdagi chiqishi mamlakatda juda ijobiy qabul qilindi, chunki bu jamoa birinchi marta yirik xalqaro turnirda qatnashdi va nimchorak finalga qadar yetib bordi. Gruziya terma jamoasi guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida sensatsion tarzda Portugaliya termasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi va bu natija esa termaga “F” kvartetida 3-o‘rinni egallab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkonini berdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70602 | Инструменты