SSKAning o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev termadagi jamoadoshi Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”dagi har bir o‘yinini kuzatib boradi. Bu haqda Fayzullayev klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida aytdi.
“Albatta, Abduqodir Husanovning “Manchester Siti” safida debyut qilganini ko‘rdim. Biz yozishib turamiz, men uning har bir o‘yinini kuzataman. Uning “Manchester Siti”ga o‘tishi top transfer hisoblanadi”, deydi Fayzullayev.
Qayd etish joiz, Husanov 2024 yilning qishida “Lans”dan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgandi. 21 yoshli Husanov “shaharliklar” safida barcha turnirlarda 7 ta o‘yin o‘tkazdi. Futbolchi hisobida bitta gol ham mavjud.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31017 | Инструменты