Huawei 1
Husniddin Aliqulov terma jamoamiz yig‘inida qatnasha olmaydigan bo‘ldi

Milliy jamoamiz himoyachisi Husniddin Aliqulov “Rizespor” klubi safida Turkiya chempionati doirasidagi uchrashuvda yuzidan jarohat olib maydonni tark etdi

Klub tomonidan o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida Aliqulovning burun va yonoq qismida suyak sinish holati aniqlanib, futbolchiga jarrohlik amaliyoti qo‘llandi. Ushbu vaziyatdan kelib chiqqan holda, tibbiy shtab tavsiyasi bilan Husniddin Aliqulov terma jamoamiz yig‘inida qatnasha olmaydigan bo‘ldi.

Timur Kapadze boshchiligidagi murabbiylar tomonidan milliy jamoa safiga “Nasaf” klubi himoyachisi Gʻolib Gʻaybullayev jalb etildi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Abduqodir Husanov O‘zbekiston MTJ yig‘iniga qo‘shilish uchun Toshkentga yetib kelgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31801 | Инструменты