Huawei 1
Abduqodir Husanov O‘zbekiston MTJ yig‘iniga qo‘shilish uchun Toshkentga yetib keldi

Angliyaning "Manchester Siti" klubi futbochlisi Abduqodir Husanov Jahon chempionati 3-saral bosqichi doirasida Qirg‘izistonga qarshi uchrashuv uchun O‘zbekiston MTJ ixtiyoriga yetib keldi. Husanovni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston MTJ muxlislar sardori Abdurahmon Fozilov kutib oldi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 20 mart kuni O‘zbekiston MTJ o‘z uyida Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv soat 21:00 da “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Eron bilan safardagi bo‘ladigan o‘yin 25 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Maʼlumot o‘rnida, Abdurahmon Fozilovning aytishicha O‘zbekiston MTJning Eron terma jamoasiga qarshi o‘yinidan so‘ng "Manchester Siti" Abduqodir Husanovni Erondan olib ketish uchun unga alohida samolyot ajratgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31715 | Инструменты