Italiya chempionati. 1-tur. "Roma" so'ngi daqiqalada g'alabani ilib ketdi, "Inter" "Sassuolo"ga yana mag'lub bo'ldi

Kecha Italiya chempionatining 1-tur uchrashuvlari o'tkazildi.
Bu mavsum "Yuventus" bilan Skudetto uchun kurashishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan "Inter" klubi mavsumni o'z uchun so'ngi yillarda noqulay raqibga aylanib borayotgan "Sassuolo"ga qarshi o'tkazdi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
"Roma" esa ilk turni Turinda "Torino"ga qarshi o'tkazdi va so'ngi daqiqalarda Edin Djeko tomonidan kiritilgan gol evaziga g'alaba qozondi.

Italiya chempionati
1-tur.
Torino – Roma 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 – 89 Djeko.
Torino – Sirigu, Itsso (Bremer, 79), Nkulu, Moretti, de Silvestri (Ayna, 27), Bazelli, Rinkon (Soriano, 86), Meyte, Berenger, Yago Falke, Belotti.
Roma – Olsen, Florensi, Manolas, Fasio, Kolarov, Strotman, de Rossi, Pastore (Shik, 76), Under (Klyuyvert, 70), Djeko, El-Shaaravi (Kristante, 60).
Ogohlantirishlar: Fasio (30), Yago Falke (57), Florensi (84), Djeko (90).
 
Sassuolo – Inter 1:0 (1:0, 0:0)

Gol: 1:0 – 27, penalti Berardi.
Sassuolo – Konsili, Manyani, Rojerio, Lirola, Ferrari, Boateng (El-Babakar, 85), Burabiya (Sensi, 64), Berardi, Dankan, Di Franchesko (Boga, 74), Manyanelli.
Inter – Xandanovich, Miranda, de Vrey, Dalbert (Perishich, 46), Asamoa, Brozovich (Karamo, 86), Vesino, Politano, D`Ambrozio, Martines (Keyta Balde, 69), Ikardi.
Ogohlantirishlar: Dankan (6), Rojerio (16), Miranda (25), Vesino (54), Sensi (90).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22010 | Инструменты