Huawei 1
Jahon chempionati U-17: O‘zbekiston terma jamoasi Ispaniya bilan durang o‘ynadi

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Indoneziyada oʻtayotgan jahon chempionatida guruh bosqichidagi ishtirokini yakunladi. 

Soʻnggi turda Ispaniyaga qarshi maydonga tushgan yurtdoshlarimiz nomdor raqiblari bilan 2:2 hisobidagi durangga imzo chekishdi. 

Shu tariqa, 4 ochko jamg’argan jamoamiz “B” guruhida uchinchi oʻrinni egalladi. Yigitlarimizning pley-off bosqichiga chiqish masalasi guruh bosqichi yakunlanganidan soʻng maʼlum boʻladi.

U-17 jahon chempionati. "B" guruhi. 3-tur

O‘zbekiston – Ispaniya – 2:2 (0:2)

Hakam: Avgusto Aragon (Ekvador)

VAR: Jon Perdomo (Kolumbiya)

Gollar: Behruz Shukurullayev 45+4, Amirbek Saidov 55 – Igor Oyono 10, Roberto Martin 19.

O‘zbekiston U17: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 4.Behruzjon Karimov (18.Jasur Hikmatullayev, 56) 5.Aziz To‘lqinbekov, 7.Lazizbek Mirzayev, 8.Behruz Shukurullayev, 9.Amirbek Saidov (14.Shodiyor Shodiboyev, 86) 13.Behruz Jumatov, 16.Muhammadali Reimov, 17.Ollobergan Karimov (3.Yahyo O‘rinboyev, 86), 19.Sherzod Abdulboriyev, 20.Dilshod Abdullayev.

Ispaniya U17: 1.Raul Ximenes, 4.Yon Martin, 7.Pablo Lopes (19.Daniel Yanez, 64) 8.Roberto Martin, 11.Peio Xuyestamendia (20.Yago Paulo, 75) 12.Igor Oyono (9.Mark Guiu, 80) 14.Izan Merino, 15.Andres Kuyenka, 16.Mark Bernal (8.Pau Prim, 65), 17.Oskar Mesa, 18.Kuim Junyent (10.Xuan Ernandes, 65).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72720 | Инструменты