Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze milliy terma jamoaning 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqishidan so‘ng his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.
Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichida terma jamoamiz BAA mehmoni bo‘ldi va 0:0 hisobida durang qayd etdi. 5 iyun kuni Abu-Dabidagi “Al-Nahyan” stadionida kechgan uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Bosh murabbiy Timur Kapadze boshchiligidagi jamoa tarixdagi ilk jahon chempionati yo‘llanmasini muddatidan avval qo‘lga kiritishi uchun BAAga yutqazmasa kifoya edi.
5 iyun kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Kapadze mamlakat rahbariyati, muxlislar va futbolchilarga qo‘llab-quvvatlagani va o‘zini bag‘ishlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.
«Birinchi navbatda muhtaram prezidentimiz va xalqimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Uzoq yo‘l bosib o‘tilgan edi, ammo bugunga nasib qilgan ekan. Barcha futbolchilarga rahmat. Bu g‘alaba hammamizniki. Har bir O‘zbekistonlik biz uchun duoda bo‘ldi. Bu bizga katta kuch berdi. Rahmat», — deya fikr bildirdi Timur Kapadze, shu vaqtda futbolchilar matbuot anjumani xonasiga kirib, murabbiyga suv sepib tarixiy natijani nisholashni boshlashdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81515 | Инструменты