Jahon futbol yulduzlari O‘zbekistonga keladi

Yoshlar oyligi doirasida 29-iyun kuni dunyoga mashhur futbol yulduzlari O‘zbekistonga tashrif buyurishadi.

Xususan:

Dida (Jesus Silva) – darvozabon, Braziliya terma jamoasining sobiq aʼzosi, jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UEFA chempionlar ligasi g‘olibi.

Kristian Panuchchi – Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi, Real Madrid va Milan jamoalari bilan ikki marta UEFA chempionlar ligasi g‘olibi.

Kristian Zakkardo – Italiya terma jamoasining sobiq aʼzosi, o‘ng qanot himoyachisi, jahon va Bundesliga chempioni.

Serjinio (Serjio Klaudio dos Santos) – Braziliya terma jamoasining sobiq aʼzosi, yarim himoyachi, jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UEFA chempionlar ligasi g‘olibi.

29-iyun kuni soat 15:00 da Yoshlar ijod saroyida bo‘ladigan uchrashuvda futbol tarixi, buguni va kelajak istiqbollari, O‘zbekistonda sohadagi islohotlar hamda sportchilarimizning muvaffaqiyatlari haqida suhbat bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102112 | Инструменты