JCH-2022 saralashidan o‘rin olgan Braziliya - Argentina o‘yini katta janjal tufayli to‘xtab qoldi
2022 yilgi jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan Braziliya va Argentina o'rtasidagi o'yin hakam hushtakdan ko'p o'tmay to'xtatildi.
Politasiya to'rt nafar argentinalikni ("Aston Villa"dan Buendiya va Martines, "Tottenxem"dan Lo Chelso va Romero) chegarani kesib o'tayotganda yolg'on gapirishgani uchun qo‘lga olishga harakat qildi.
Qoidaga ko‘ra, Braziliyaga kelishdan ikki hafta oldin Buyuk Britaniyada bo‘lgan odamlar mamlakatga kiritilmaydi.
Maydonga chiqib kelgan politsiyachilar bilan muzokaralarda eng faol Messi bo‘ldi. U tibbiy xodimlar va Braziliya terma jamoasi vakillari bilan muammolarni muhokama qila boshladi.
"Menga qarang, biz mamlakatda uch kundan beri bo'lib turibmiz. Nega o'yin boshlanishini kutdingiz va oldinroq kelmadingiz? Bizga o'ynashimiz mumkinligini aytishdi, endi esa mumkin emas deyishyapti ”, - dedi Leo.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121820 | Инструменты