JCh-2026 saralashi, 3-bosqich. O‘zbekiston Eron va Qatar bilan bir guruhdan o‘rin oldi

Bugun, 27-iyun kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati Osiyo qit’asi bo‘yicha 3-bosqich bahslariga qur’a tashlandi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, sloyeveniyalik mutaxassis Srechko Katanets murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi “A” guruhidan joy oldi. Guruhda O‘zbekistonga KXDR, Qirg‘iziston, BAA, Qatar va Eron terma jamoalari raqiblik qiladigan bo‘ldi.

A guruhi
Eron
Qatar
O‘ZBeKISTON
BAA
Qirg‘iziston
KXDR

B guruhi
Janubiy Koreya
Iroq
Iordaniya
O‘mon
Falastin
Kuvayt

S guruhi
Yaponiya
Avstraliya
Saudiya Arabistoni
Bahrayn
Xitoy
Indoneziya

O‘zbekiston saralashni uyda boshlab, uyda tugatadi. Jamoaning taqvimi: 

2024 yil
1-tur. 5 sentabr. O‘zbekiston — KXDR
2-tur. 10 sentabr. Qirg‘iziston — O‘zbekiston
3-tur. 10 oktyabr. O‘zbekiston — Eron
4-tur. 15 oktyabr. O‘zbekiston — BAA
5-tur. 14 noyabr. Qatar — O‘zbekiston
6-tur. 19 noyabr. KXDR — O‘zbekiston
2025 yil
7-tur. 20 mart. O‘zbekiston — Qirg‘iziston
8-tur. 25 mart. Eron — O‘zbekiston
9-tur. 5 iyun. BAA — O‘zbekiston
10-tur. 10 iyun. O‘zbekiston — Qatar

Ma’lumot uchun, 3 ta guruhdan dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar mundialga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olishadi. 3 va 4-o‘rin egalari uchun 4-saralash bosqichi o‘tkaziladi. Osiyoga 8,5 ta yo‘llanma berilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70210 | Инструменты