Huawei 1
JCH-2026 saralashi. O‘zbekiston Gongkong ustidan yirik g‘alabaga erishib, JCH-2026 hal qiluvchi saralash bosqichiga yo‘llanma oldi

Oʻzbekiston 3 – 0 Gonkong

E.Shomurodov 20’, H.Erkinov 63’, O.Urunov 70.

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 yoʻllanmasi uchun yana bir qadam tashladi. 

2-saralash bosqichining 4-turida Gonkongni qabul qilgan yigitlarimiz yirik 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. 

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi muddatidan avval JCh-2026 saralashining 3-bosqichi va 2027-yilgi Osiyo kubogiga yoʻl oldi. “E” guruhidan joy olgan jamoamiz 4-turda Gonkong ustidan qozonilgan gʻalabadan keyin 10 ochko jamgʻarishga muvaffaq boʻldi. Parallel oʻyinda Eron Turkmaniston ustidan gʻalaba qozondi va forslar hisobidagi ochkolar ham 10 taga yetdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga