Huawei 1
JCH—2026 saralashi. O‘zbekiston safarda Gongkong ustidan g‘alaba qozondi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2026 saralashi doirasida 21-mart kuni Gongkongga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. O'yin boshida Eldor Shomurodov tomonidan urilgan gol hakam tomonidan bekor qilindi. O‘sha vaziyatda to‘p qo‘lga tegdi deb hisoblandi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa Srechko Katanes shogirdlari hisobni ochdi. 49-daqiqada Eldor Shomurodov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 

66-daqiqada esa Rustam Ashurmatov hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.

Qolgan daqiqalarda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va O‘zbekiston 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Srechko Katanes jamoasi E guruhida ochkolari sonini 7 taga yetkazib oldi. 

Guruhning ikkinchi o‘yini Eron va Turkmaniston jamoalari o‘rtasida kechadi. Uchrashuv 21:00 da start oladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga