Huawei 1
Jerar Pike yangi mavsumda “Barselona” uchun mutlaqo tekinga o'ynamoqchi ekanligini ma'lum qildi

Ispaniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Jerar Pike yangi mavsumni klubida tekinga o'tkazishni xohlamoqda.

Nufuzli “AS” nashrining xabar berishicha, klubga sodiq futbolchi jamoaning ayni damdagi moliyaviy muammolari hamda yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishda duch kelinayotgan muammolar tufayli shu taklifni rahbariyatga aytgan. Biroq, tushlik vaqtida Joan Laporta unga bu qarorni hurmat qilishini, lekin bunga rozilik berolmasligini ma'lum qilgan.

Shundan so'ng, ular Pikening maoshini istalgancha kamaytirishga va shu orqali boshqa muammolarni hal qilishga yengillik yaratishga kelishib olishgan. Pike keyingi mavsumda himoya chizig'ida kuchli raqobat sababli, asosiy tarkibdan joyni kafolatlab olmagan bo'lsa ham, jamoa uchun borini berishga tayyorligini ma'lum qilgan. Uning yakuniy maoshi shu hafta oxirida e'lon qilinadi.

Avvalroq, Levandovskining YChL qur'asi doirasida “Bavariya”ga qarshi to'qnash kelishni xohlamasligini aytgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50904 | Инструменты