Huawei 1
“Kloppni qanchalik qadrlashimni hamma yaxshi biladi”, — Gyundogan “Liverpul”ga o'tish ehtimoli haqida

Angliyaning “Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan “Liverpul”dan bo'layotgan taklif hamda klubini o'zgartirish ehtimoli haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Menimcha, bunday holat sodir bo'lmaydi. Kloppni qanchalik yaxshi ko'rishimni va qadrlashimni hamma yaxshi biladi. Ammo men bir necha yillardan beri “Manchester Siti”daman.

Endi esa to'satdan “Liverpul”ga o'tish? Yo'q, men buni tasavvur qila olmayman”, — deydi Gyundogan.

Eslatib o'tamiz, Gyundogan Dortmundning “Borussiya” klubida Yurgen Klopp qo'l ostida o'ynagan. Yarim himoyachining “Manchester Siti” bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. Oldinroq unga "Barselona" qiziqayotgani xabar qilingandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81523 | Инструменты