Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi Miraki turizm maskanida bo’lib o’tayotgan “Yoshlar — kelajak bunyodkorlari” IV xalqaro ekologik va turizm qurultoyi doirasida yoshlar ekologiya va turizm sohasiga bag‘ishlangan loyihalarini taqdim etishdi.
Loyihalar tabiatni asrash, atrof-muhitni chiqindilardan tozalash, tabiiy resurslarni asrash, yashillik darajasini oshirish hamda ichki va tashqi turizmni rivojlantirish masalalarini qamrab oldi. Xususan, Sirdaryo viloyati ishtirokchisi Ganjina Po‘latova suv tanqisligiga hamda sho’r tuproqqa chidamli o’simlik loyihasini ilgari surdi. Shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi vakilasi Shohsanam Sagindikova hududda ekoturizm borasidagi sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan “Dam oling, daraxt eking, kelajakni yashil qiling” loyihasini taqdim etgan bo’lsa, Gulira’no Jabborbergenova bolalarda atrof-muhitni chiqindilardan tozalash loyihasiga e’tibor qaratdi.
Bundan tashqari, Navoiy viloyatidan Gulsevar Boltayeva ekodaraxt, Toshkent shahridan Mirshod Sobitov O’zbekistonning yashirin durdonalari, Surxondaryo viloyatidan Maftuna Ashurova hududning yashirin turizm salohiyatini tanitish kabi loyihalarini taqdim etishdi.
Bundan tashqari, Farg’ona viloyatidan Kamoliddin Nishonov “Yer tinch” loyihasi orqali toshloq va sho’r tuproqli yerlarda o’simliklarning o’sishiga yordam beradigan mahsulotini taqdim qildi. Quvonarlisi, yoshlar ekologiya va turizm borasida bir qancha istiqbolli g’oyalarga va qat’iy maqsadga ega.
Eng yaxshi loyihalar 16-avgust kuni, qurultoyning tantanali yopilish marosimida e’lon qilinadi va taqdirlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81518 | Инструменты