Huawei 1
Qoraqalpog‘iston Respublikasi barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi

“Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yana-da jadallashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–248-son, 14.08.2025 y.) qabul qilindi.

Quyidagilar 2025–2026 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:

- yalpi hududiy mahsulot hajmini o‘rtacha 6–6,5 foizga yetkazish;

- sanoat ishlab chiqarishi hajmini 5–6 foizga yetkazish;

- bozor xizmatlari hajmini 15–17 foizga yetkazish.

Qarorga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2035 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha strategiya 5 yillik batafsil dastur asosida amalga oshiriladi.

Dasturni moliyalashtirish uchun natijaga asoslangan moliyalashtirish tizimi (PforR) bo‘yicha 150–200 million AQSH dollari miqdoridagi xorijiy mablag‘lar jalb qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81515 | Инструменты