Konor Makgregor ilk bor “Hollywood” filmida rol ijro etadi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor ilk bor kinoda rol ijro etadi.
AQShning “Deadline” nashri xabariga ko‘ra, Konor “Hollywood”ning “Yo‘l bo‘yidagi uy” filmi remeykida ishtirok etadi. Jeyk Jillenhol bosh rolni ijro etadigan ushbu filmda irlandiyalik sportchi sobiq UFC jangchisi rolini gavdalantiradi.
Ma'lum bo'lishicha, suratga olish ishlari 2022-yilda Dominikan Respublikasida boshlanadi. Premyera sanasi esa noma’lum.
Avvalroq, PSJ futbolchisi Lionel Messining ham serialda ishtirok etgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11906 | Инструменты