17 yanvar kuni Toshkent yerusti metrosida 18 yoshli yigit o‘zini metro tagiga tashladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tunggi soat 22:40 larda Qo‘yliq yo‘nalishining “Turon-Do‘stlik” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan elektropoyezd “Olmos” metro bekatiga kirib kelayotgan vaqtida bekat platformasida turgan 2006 yilda tugilgan yigit elektropoyezd tagiga o‘zini tashlagan.
Metro bekatida xizmat olib borayotgan naryad xodimlari tomonidan jabrlangan shaxs vagon tagidan tirik xolda olib chiqilib, shifoxonaga yuborilgan.
“Hozirda tergovga qadar tekshirish xarakatlari olib borilmokda”, deydi Hayot Shamsutdinov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11900 | Инструменты