Huawei 1
Konya-2021: Og'ir atletikachi Muhammadqodir Toshtemirov oltin medal qo'lga kiritdi

Xabaringiz bor, bir haftadan oshiq vaqtdan beri Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o'yinlari xalqaro musobaqasi davom etmoqda.

Musobaqaning bugun, 13-avgust kungi bahslari ham yurtdoshlarimiz uchun ancha omadli boshlandi. O’zbekiston delegatsiyasi bugungi dasturlar hisobidan ilk medalini qo’lga kiritdi. Og’ir atletika bo’yicha terma jamoamiz vakili Muhammadqodir Toshtemirov -81 kg vazn toifasining dast ko’tarish mashqida oltin medalga sazovor bo’ldi. Hamyurtimiz ushbu mashqni 164 kg bilan yakunladi.

Avvalroq, musobaqa doirasida taekvondochilarimiz 2 ta oltin va 1 ta bronza medallarini qo'lga kiritgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga