Huawei 1
Krishtianu Ronaldu bir haftada ikki marta xet-trikka erishdi

“Al-Nasr”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu professional klub faoliyatidagi 65-xet-trikini qayd etdi.

3-aprelga o‘tar kechasi Saudiya Arabistoni chempionatining 26-turidan o‘rin olgan “Abha” bilan o‘yinda (8:0) 39 yoshli portugaliyalik forvard 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Krishtianu 3 ta goldan ikkitasini to‘g‘ridan to‘g‘ri jarima zarbasi orqali kiritdi. Shu tariqa, Ronaldu bir hafta ichida ikkita xet-trik qayd etib, xet-triklar soni bo‘yicha “Inter Mayami”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messidan (58) sakkiztaga o‘tib ketdi.

Saudiya Arabistoni chempionati to‘purarlari ro‘yxatida 29 ta gol bilan Krishtianu Ronaldu yetakchilik qilmoqda. Uning eng yaqin ta’qibchi “Al-Hilol” a’zosi Aleksandr Mitrovich hisobida 22 ta gol mavjud.

Joriy mavsumda Ronaldu o‘z klubi uchun barcha turnirlarda 35 ta o‘yin o‘tkazib, 36 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, forvardning narxi 15 million yevroni tashkil qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты