Huawei 1
Kutilmagan qaror: Zidan dunyoning eng kuchli terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Braziliya futbol konfederatsiyasi Madridning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan hamkorlik boʻyicha kelishib olmoqchi.

Ispan nashrlari xabariga koʻra, Pep Gvardiola bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangach, mamlakat futbol rahbariyati 50 yoshli fransuzni terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlashga harakat qilmoqda.

Braziliyada Zidandek obroʻga ega boʻlgan shaxs kiyim almashtirish xonasida, jurnalistlar va muxlislar orasida katta hurmatga sazovor boʻlishiga ishonishmoqda.

Ammo “Real” sobiq bosh murabbiyi hamon Fransiya terma jamoasidan taklif olish umidida. Biroq, fransuzlar Desham qo‘l ostida ketma-ket 2-bor Mundial finaliga yo‘l olgani bois, Zidanning bu lavozimga tayinlanishi biroz qiyin bo‘lishi mumkin.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101616 | Инструменты