AOKAda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ axborot xizmati rahbari Ulug‘bek Urunov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berildi:
Shuningdek, «Ekologiya, ijtimoiy siyosat va korporativ boshqaruv (ESG)» tamoyili joriy etiladi:
Ekologiya tamoyili – kompaniyaning atrof-muhitga qanchalik qayg‘urishini va ekologiyaga yetkazilayotgan zararlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan harakatlarini belgilaydi.
Ijtimoiy siyosat tamoyili – kompaniyaning xodimlarga, yetkazib beruvchilarga, mijozlarga va isteʼmolchilarga munosabatini ko‘rsatadi.
Standartlarga javob berish uchun korxonalar mehnat sharoitlarining ustida ishlashi, gender muvozanatni kuzatishi yoki ijtimoiy loyihalarga sarmoya kiritishi kerak.
Korporativ boshqaruv tamoyili – kompaniya boshqaruvi sifatiga taʼsir qiladi: hisobotlarning shaffofligi, boshqaruvga to‘lanadigan maosh miqdori, boshqaruvdagi sog‘lom muhit, aksiyadorlar bilan munosabatlar, korrupsiyaga qarshi choralar va boshqalar.
«Korporativ ijtimoiy masʼuliyat (CSR)» tamoyili joriy etiladi.
Kompaniyalar jamiyatning ijtimoiy muammolariga, masalan, kambag‘allik, taʼlimga yordam berishi, gender tenglikni taʼminlashi va boshqa ijtimoiy masalalarda faol ishtirok etishlari kerak.
O‘z faoliyati orqali iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashi, ish o‘rinlari yaratishi va barqaror rivojlanishni taʼminlashi kerak.
Xorijiy audit kompaniyalarini jalb qilgan holda, korxonalarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarining samaradorligini o‘rganish bo‘yicha xaridlar jarayoni forenzik auditdan o‘tkaziladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112613 | Инструменты