Huawei 1
La Liga. “Real” o‘z uyida “Barselona”ga yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi

Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv Ispaniya poytaxti Madrid shahrida bo‘lib o‘tdi.

Unda “Real” klubi Kataloniyaning “Barselona” klubini qabul qildi. Uchrashuvning birinchi bo‘limi teng kurashlar ostida o‘tdi. Mezbonlar hujumchilari Vinisius va Mbappe golga juda yaqin keldi. Ammo ular uyushtirgan hujumlarning aksari ofsayd sabab hakam tomonidan to‘xtatildi. “Barselona”ning tajribali hujumchisi Levandovski va yosh Yamalda ham birinchi bo‘limda yaxshi imkon bo‘ldi. Afsuski, hujumchilar bundan foydalana olmadi.

30-daqiqada Mbappe hisobni ochdi. Gol VAR tomonidan ko‘rib chiqildi va bekor qilindi — ofsayd. Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi.

Uchrashuvning 54-daqiqasida Levandovski hisobni ochdi. Ikki daqiqa o‘tib Levandovski bosh bilan gol urib hisobni mehmonlar uchun ishonchli holatga keltirdi.

Mbappe va Vinisiusning ikkinchi bo‘limdagi zarbalariga ba’zan aniqlik yetmadi, ba’zan ofsayd sabab hujum to‘xtatildi.

77-daqiqada Yamal hisobni 0-3 ga yetkazdi. 84-daqiqada Rafinya hisobdagi farqni 4 taga yetkazdi.

Shu tariqa mehmonda g‘alaba qozongan “Barsa” o‘z hisobidagi ochkolari sonini 30 ta yetkazib oldi va “Real” bilan oradagi farqni 6 taga yetkazdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102712 | Инструменты