Huawei 1
Sirdaryo viloyati hokimi viloyatda birinchilardan bo‘lib ovoz berdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlari deputatligiga nomzodlarga ovoz berish jarayoni Sirdaryo viloyatining barcha shahar va tumanlar hududida joylashgan 322 ta saylov uchastkalarida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanganidek soat sakkizda boshlandi.

Sirdaryo viloyati hokimi  Akmaljon Mahmudaliyev  viloyatda birinchilardan bo‘lib  Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida joylashgan  15- saylov  uchastkasiga tashrif buyurib, konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda o‘zi tanlagan  nomzodlar uchun ovoz berdi.

Shundan so‘ng, viloyat hokimi saylov uchastkasida nuroniylar, ilk marta ovoz berayotgan yoshlar bilan bugun o‘tkazilayotgan saylovlar haqida suhbatlashdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102714 | Инструменты