Huawei 1
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov saylovda ovoz berdi

Samarqand viloyatidagi 1130 ta saylov uchastkasida soat 8:00 da davlat madhiyasi yangrab, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi boshlandi.

Bu yil viloyatda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 8 ta bir mandatli saylov okrugi, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 60 ta hamda tuman va shahar Kengashlari uchun 410 saylov okrugi tashkil etildi. 1130 ta saylov uchastkasi tuzildi.

Barcha uchastkalar uchun eng qulay binolar tanlanib, uchastka saylov komissiyalari a’zolari, saylovchilar va kuzatuvchilar uchun zarur sharoit yaratildi. Saylov uchastkalarida yuqori tezlikdagi internet aloqasi ta’minlandi. Bugun viloyatdagi 32 ta saylov uchastkasidagi ovoz berish jarayonlarini onlayn kuzatish mumkin.

Viloyat bo‘yicha saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga 2 million 156 ming 264 nafar saylovchi kiritilgan. Saylov kuni yashash joyida bo‘lmaydigan 181 ming 925 nafar saylovchi 16-23 oktyabr kunlari muddatidan oldin ovoz berdi.

Viloyat hokimi E.Turdimov ham bugun erta tongda Samarqand shahridagi 144-saylov uchastkasiga borib, birinchilar qatorida ovoz berdi.

Viloyat rahbari fuqarolarning saylovda ishtirok etishi nafaqat ularning o‘z konstitutsion huquqidan foydalanishi, shu bilan birga yurtimiz taraqqiyoti va xalqimizning ertangi hayotiga munosabati ham ekanligini ta’kidladi.  

Mazkur saylov uchastkasida shahardagi Bog‘dod, Orzu, Rahmatobod mahallalarida yashovchi 2951 nafar saylovchi ovoz beradi. Ularning 29 nafari saylovda ilk bor qatnashmoqda, 149 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz bergan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102714 | Инструменты